Hindistonlik Fauja Singh 80 yoshdan oshganda yugurishni boshladi va 100 yoshini marafonda nishonladi. Xotinining vafotidan keyin Fauja hayotini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi va o‘zining tug‘ilgan qishlog‘idan Londonga ko‘chib o‘tdi. Sobiq fermer to‘rt devor ichida kun bo‘yi o‘tirishga toqat qilolmay, yuguruvchilar harakatiga qo‘shilishga qaror qildi.
8 yil mashg‘ulotlardan so‘ng Fauja Londonda marafonda qatnashishga jur’at etdi. U finishga yetib borish uchun 7 soatdan ozroq vaqt sarfladi. 93 yoshida Fauja Singh 90+ yoshdagi toifa bo‘yicha marafonda 5 soat 40 daqiqa natijasi bilan jahon rekordini qo‘lga kiritdi. Ushbu sport yutug‘i tufayli Fauja Singxga “Turbandagi bo‘ron” laqabi berildi.
Hayotimning eng yaxshi qismi men yugurishni boshlaganimda boshlandi, — deb tan olgan marafonchi.
Rekordlar bilan birga jahon miqyosidagi mashhurlik ham keldi. Fauja adidas kompaniyasining “Imkonsiz mumkin” reklama roligida Devid Bekxem va Muhammad Ali bilan birga suratga tushdi. Reklamadan tushgan daromadni u xayriya ishlari uchun sarfladi.
Fauja Singh umrining oxirigacha yugurishni davom ettirdi. U har kuni yugurib va piyoda yurib o‘zini yaxshi holatda ushlab turdi. U vegetarian dietaga amal qildi, alkogol va tamakidan saqlandi hamda imkon qadar yomon odamlardan uzoqroq bo‘ldi. Bundan tashqari, u ko‘p kulardi. Aynan kulgu, Fauja Singh tan olganidek, unga o‘z formasini saqlashga yordam berdi.
Fauja 100 yoshli yagona yuguruvchi emas edi. Uzoq umr ko‘ruvchilar nafaqat yugurish musobaqalarida qatnashadilar, balki jahon rekordlarini ham o‘rnatadilar. Masalan, polyak Stanislav Kovalski, yaponiyalik Hidekichi Miyazaki, Baster Martin, Charlz Yugster va boshqa ko‘plar. Bu yana bir bor 100 yoshdan keyin baxt davri kelishini isbotlaydi.