Sprint — bu yugurishning maxsus turi bo‘lib, qisqa masofalarga (60 dan 400 metrgacha) tez yugurishni va shu turdagi musobaqalarni o‘z ichiga oladi.
Sprint yugurishi anaerob (kislorodsiz) rejimda, yuguruvchining imkoniyatlar chegarasida amalga oshiriladi. Shu bois, sprint mashqlari yuguruvchining chidamliligini oshiradi, mushaklarni, yurak-qon tomir va nafas olish tizimini samarali rivojlantiradi.
Sprint — moddalar almashinuvini tezlashtirish, ortiqcha yog‘larni yo‘qotish va jismoniy holatni yaxshilash uchun ajoyib usuldir.
Sprintning asosiy qoidalari:
- mukammal isinib olish;
- zarba yuklamasini kamaytirish uchun yaxshi amortizatsiyaga ega sport poyabzali;
- butun masofa bo‘ylab imkon qadar tekis maydon, chuqurchalar va toshloqsiz;
- startdan so‘ng kuchli tezlanish;
- oddiy yugurishdagidek to‘g‘ri texnikani saqlash;
- qo‘llarning faol ishlashi;
- to‘g‘ri nafas olish — qisqa va keskin nafas olishlar, qo‘l va oyoq harakatlari ritmiga mos;
- finish chizig‘ini uzoq sakrash bilan kesib o‘tish;
- finishdan so‘ng harakatni asta-sekin qadamga o‘tkazish, keskin to‘xtash yurakka ortiqcha yuklama beradi;
- mashg‘ulot davomida har bir yondashuvdan keyin dam olish.